Chak-chak.





Kerakli masalliqlar:

4 dona tuxum
keragicha un

Tayyorlanishi:
Tuxumlar oqidan sarig'i ajratilib, oqi qattiq ko'pik bo'lguncha mikserlanadi.
Sarig'iga un qoshib yaxshilab aralashtirib oxirida oqini solib yumshoq hamir qoriladi.
Azgina tindirib,ingichka qilib yoyib istalgan shaklda kesib ,qizib turgan yog'da pishirvolinadi.

Qiyomi:
0,5 st shakar va 1 st un tovaga solib gazga qoyib qaynatiladi,qaynash davomida suv solingan stakanga tomchi oqizib tekshirib turiladi ,stakandagi suvga tovadagi asal+aralashmasidan tomchi oqizganda suvdan hava kopikcha chiqsa demak tayyor yetilgan +0,5 st asal solib 1 qaynatib olovni o'chiramiz.

pishgan chakchak donachalarini qiyomga solib,qo'lni xo'llab tarelka yoki lagan(istagan idishiz)ga chiroyli qilib qo'yamiz.
ustidan zar har xil bezak sharikchalari va xkzolar yopishtirib chiqish mumkin.
Uydigila yoqtirishmagani uchun man bezak qimiyman :)
Yoqimli ishtaha!

Комментариев нет:

Отправить комментарий