Magizli konfetkalar



Bu konfetkalarni o'zim ixtiro qilganman. :) "Bananchik" pishiriqni qilmoqchi bolib qarasam,yong'oq kam qolgan ekan,keyin o'zimcha shu retseptni o'ylab topdim,shoshilinch edi,to'yga biror shirinlik pishirshim kerak..
Hammaga yoqdi,asosiysi to'y egasi Odina opamlarga yoqibdi,"Quda"lariga olib qoyibdilar..    


Xamiri uchun kerakli masalliqlar:  
  • 250 gr margarin yoki saryog' (xona haroratida turgan)
  • 250 gr qatiq
  • 1 choy qoshiq osh sodasi yoki 1 osh qoshiq 
  • Baking powder
  • 3 ta tuxum sarig'i
  • vanilin
  • keragicha un

Nachinkasi uchun kerakli masalliqlar:
  • 3ta tuxum oqi
  • 1 pila shakar 
  • 1 kosa magiz
  • ustiga surtish uchun 1ta quyultirilgan sut va 2 osh qoshiq kakao.

Xamir tayyorlanishi:
Qatiqga soda solib,yaxshilab aralashtiramiz..
Margarin,tuxum sarig'i,vanilin,un va sodali qatiqni solib qo'l bilan yumshoqqina xamir qoramiz.
Xamir yumshoqqina bolishi kerak,shu sababli un oz-ozdan solinadi..
Tayyor xamirni selofanga solib, muzlatgichga yarim soatga qo'yib qo'yiladi.
Yarim soatdan keyin olib,yong'oqdek zuvalachalar qilinadi va ustiga selafan yopib biroz tindiriladi..
Xamir tinguncha nachinkani tayyorlaymiz.

Nachinka tayyorlanishi:
3 ta tuxum oqini mikserda yaxshilb ko'pirtirib,shakarni oz-ozdan solib ko'pirtirishni davom ettiriladi.
Shakar erigach to'xtatiladi va magiz solib qoshiqda aralashtiriladi.(Man xamirlarimni yoyib bo'lgach,magizni solib aralashtiraman, bomasam tuxum "o'tirib" qolishi mumkin)

Ustiga surkash uchun:
Quyultirilgan sutga kakao qo'shib qoshiq yordamida yaxshilab aralashtiriladi.


Duhovkani 180 C* daraja qilib yoqib qoyiladi..
Yong'oqdek zuvalachalarimizni birma-bir jo'va yordamida yoyib doira shakliga keltiriladi.Yoyish jarayonida xamir yopishsa, ozroq un ishlatsa bo'ladi..
Yoyilgan xamirchalarimizga tayyor nachinkadan 1 choy qoshiqda solib ,konfet tugilganday tugiladi.
Listga terib ,qizib turgan duhovkada tegiz qizarib usti pushti rang bolgunga qadar pishiriladi.
Sovutib ustiga kakaoli sutdan surkaladi va xoxishga ko'ra kakos qirindisi sepiladi.

Pishirig'imiz tayyor!
Yoqimli ishtaha!

Комментариев нет:

Отправить комментарий