Paxlava






Kerakli masalliqlar:

6 ta tuhum
400 gr margarin
1 ch/q soda
1 st qatiq
1 chimdim vanilin
5-7 piyola un







Margarin xona haroratida eritiladi yoki qirg'ichdan chiqariladi.
Qatiqqa soda qo'shib margarin bilan aralashtiriladi.




Massaga 5 ta tuhum sarig'i solib, oz ozdan un qo'shib xamir qoriladi.






Xamir o'rtacha yumshoqlikda bo'lishi kerak.




Muzlatgichga yarim soatga qo'yiladi. Muzlatgichdan olib 3 ta teng zuvalachaga bo'linadi.







Har bir bo'lak hamir yupqa qilib yoyiladi, o'rtadagi hamirni alohida pishirib olinadi (xomroq bo'ladi)








Nachinkasi:

6 ta tuhum oqini yaxshilab ko'pirtirilib



qattiq holatga kelganda 2 st shakar solib yana yaxshilab ko'pirtiriladi.





So'ng 1 st yong'oq va 1 st magiz solib aralashtiriladi.






Tayyor nachinkani 2 ga bo'lamiz.


Pishirish:
Listni yog'lab, 1 qavat hamirni solib, nachinkani yarmi solinadi.

Ustidan pishgan hamir solinib nachinkani qolgan yarmi va so'nggi hamirimizni  ham solib ustiga tuhum sarig'i suriladi.

Pichoq bilan rombik yoki to'rtburchak shaklda kesib chiqamiz.

Har bir shakl ustiga yong'oq qo'yib ozgina bosib qo'yiladi.



Qizigan duhovkada o'rtadan past olovda 1 soatu 15 min yoki 1 yarim soatlarda pishadi.





Mana paxlavamiz ham tayyor bo'ldi, yoqimli ishtaha!

Комментариев нет:

Отправить комментарий