Negrityonik



Mexmon dasturxoni uchun ayni muddao pishiriq..



retsept manzili: http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=2256.0
Buning uchun Ummu Muhlisaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!

Kerakli masalliqlar:

  • 3 st un
  • 3 st shakar
  • 60-100 gr kakao
  • 500 gr smetana yoki qaymoq
  • 1 osh qosh baking powder
  • 5 ta tuxum
  • amoniy kislota (shart emas)

Kremi uchun:
  • 1ta iris  (sgushonkani qaynatilgani)
  • 250 gr saryog'

Tayyorlanishi:
  1. Quruq masalliqlar:un,shakar,kakao aralashtiriladi
  2. Smetanaga baking powder solib mikserda aralashtiriladi
  3. Tuxumlar oqidan sarig'ini ajratib olib,oqini mikserda ko'pirtirib,qattiq ko'pik bo'lgandan keyin sarig'i ham qo'shib ko'pirtiriladi.
  4. Shu massaga ko'pirtirilgan smetanani solib aralashtiriladi,Amoniy kislota solinadi..
  5. Quruq masalliqlarni solib yaxshilab aralashtiriladi
  6. Listni yog'lab xamirni 2-3 ga bolib solib  180 C* da 7-15 daqiqada pishirib olamiz
  7. Orasiga krem surib chetidan ortgan uvoqlarini maydalab ustiga sepamiz
tayyor,dasturxonga marxamat!




Комментариев нет:

Отправить комментарий